24 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24.02.2025

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 24-27 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
24-27 fevral kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir yog‘adi, 25-27 fevralda qorga aylanadi) bo‘ladi. Shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi.
Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
26-27 fevral kunlariga kelib, havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha pasayadi. 
24 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI 
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin, Qoraqalpog’iston respublikasida, Xorazm viloyatida
kunning ikkinchi yarmida biroz qor yog’adi. Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. 
Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. 
Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo’ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo’ladi.