25-27 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
23.02.2025
25-27 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25 fevralda 3-8° sovuq, 26-27 fevralda 4-9° sovuq, kunduzi 25-26 fevralda
3° sovuq-2° iliq, 27 fevralda 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 fevralda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir qor) bo’ladi, 26-27 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. 25-26 fevralda yog’ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkun. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 26 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 27 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi
25 fevralda 3-8° sovuq, 26-27 fevralda 4-9° sovuq, kunduzi 25-26 fevralda 3° sovuq-2° iliq, 27 fevralda 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 fevralda yomg‘ir yog‘adi kechqurun ayrim joylarda qorga aylanadi, 26 fevralda ba’zi joylarda qor yog’adi. 25-26 fevralda yog’ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 27 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 25 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 26 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 27 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 fevralda yomg‘ir yog‘adi, kechqurun ayrim joylarda qorga aylanadi, 26 fevralda ba’zi joylarda qor yog’adi, 25-26 fevralda yog’ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 27 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 25 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 26 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 27 fevralda
kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 va 27 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 fevralda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirb, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 26 fevralda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 25 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 26 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 27 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 26-27 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. 25-26 fevralda yog’ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 26 fevralda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 27 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.