24-26 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

24-26 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

22.02.2025

24-26 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 26 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-25 fevralda 3-8° sovuq, 26 fevralda 4-9° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir qor) bo’ladi, 25-26 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. 24-26 fevralda yog’ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkun. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 25 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 26 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; Navoiy viloyatining shimolida
kechasi 24-25 fevralda 3-8° sovuq, 26 fevralda 4-9° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 25 fevralda yomg‘ir yog‘adi kechqurun ayrim joylarda qorga aylanadi, 26 fevralda ba’zi joylarda qor yog’adi. 24-26 fevralda yog’ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi,  ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. 
Harorat 24 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 25 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 
26 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi. 
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 25 fevralda yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanadi, 26 fevralda ba’zi joylarda qor yog’adi, 24-26 fevralda yog’ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin . Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi,  ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 25 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq,
26 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 fevralda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirb, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 26 fevralda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 25 fevralda kechasi 2-7° iliq, 
kunduzi 10-15° iliq, 26 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 25-26 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. 24-26 fevralda yog’ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 25 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 26 fevralda kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.