O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 17-21-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI.

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 17-21-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI.

17.02.2025

Bugun 17 fevral kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kecha havoni keskin sovuq bo‘lganidan so‘ng harorat tez ko‘tarila boshlaydi va kunning o‘rtasiga kelib 
havo 8-13 daraja iliqqacha isiydi.

18-19 fevral kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda va 19 fevral kuni Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va bahoriy iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 
15-20 daraja iliqqacha isiydi. Bu harorat mart oyining oxiri va aprel oyining boshidagi iqlim ko‘rsatkichlariga mos keladi. Harorat kechalari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ayrim joylarda 
13-18 m/s gacha kuchayadi.

 

Toshkentda: 17-20 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

17-19 fevralda harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 
11-14 daraja iliq, 20-21 fevralda kechalari 2-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 15-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

 

 

O‘zgidromet

2025 yil 17 fevral