18-20 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

18-20 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

16.02.2025

18-20 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin,20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-19 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 20 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 2° sovuq-3° iliq, 
kunduzi 6-11° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 fevralda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 18-19 fevralda 10-15° iliq, 20 fevralda 13-18° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin,20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 18-19 fevralda 10-15° iliq; 20 fevralda 15-20° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 18 fevralda 8-13° iliq; 19-20 fevralda 10-15° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18 fevralda 0-5° sovuq, 19-20 fevralda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.