17-19 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
15.02.2025
17-19 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 fevralda 1-6° sovuq, 18-19 fevralda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 17-18 fevralda 6-11° iliq, 19 fevralda 5-10° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmayd, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq,
18 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 19 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 17 fevralda 1-6° sovuq, 18-19 fevralda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 17-18 fevralda
6-11° iliq, 19 fevralda 5-10° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 fevralda Samarqand viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi
17 fevralda 8-13° iliq, 18-19 fevralda 10-15° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17 fevralda 12-17° iliq;
18-19 fevralda 10-15° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 17 fevralda 6-11° iliq; 18-19 fevralda 8-13° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq,
18-19 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.