15 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
15.02.2025
MUHIM HODISALAR
15-18 fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.
15 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qor yog’adi, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Qolgan hududlarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, ertalab qor yog’adi, kunduzi yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkun. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.
Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.