O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 14-16-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 14-16-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

14.02.2025

 

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz 
ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Surxondaryo, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining shimoli-g‘arbiy hududlaridan tashqari) yakshanba kuni yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Bugun va ertaga kunduz kunlari havo harorati 7-10 daraja iliqqacha isiydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
16 fevral – yakshanba kuni ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Toshkentda: bugun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ertaga 15 fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik 
(yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Bugun va ertaga kunduzi harorat 7-10 daraja iliq bo‘ladi. 
16 fevral- yakshanba kuni 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq bo‘ladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 

 

 

O‘zgidromet

2025 yil 14 fevral