12 FEVRAL OB-HAVO PROGNOZI 11 fevral soat 20 dan 12 fevral soat 20 gacha
11.02.2025
MUHIM HODISALAR
11-12 fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
12 FEVRAL OB-HAVO PROGNOZI 11 fevral soat 20 dan 12 fevral soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 3-5° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 ms gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
BUXORO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 ms gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
NAVOIY VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 ms gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND VILOYATI
Havo biroz bulutli yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.