11-13 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

11-13 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

09.02.2025

11-13 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog’adi, 13 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 11-12 fevralda 3° sovuq-2° iliq, 
13 fevralda 0-5° iliq bo’ladi.
BUXORO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog’adi, 13 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 12 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 13 fevralda kechasi 0-5° sovuq, 
kunduzi 4-9° iliq bo’ladi.
NAVOIY VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 
G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 fevralda ba’zi joylarda 
15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 
12 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 13 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; 
Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 11-12 fevralda 3° sovuq-2° iliq, 
13 fevralda 0-5° sovuq bo’ladi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 13 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo’ladi. 
SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 13 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 13 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 13 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 12 fevralda kechasi 0-5° sovuq kunduzi 2-7° iliq; 13 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 
11-12 fevralda 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 13 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 11-12 fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 13 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq  sovuq bo‘ladi.