10 FEVRAL OB-HAVO PROGNOZI 9 fevral soat 20 dan 10 fevral soat 20 gacha

10 FEVRAL OB-HAVO PROGNOZI 9 fevral soat 20 dan 10 fevral soat 20 gacha

09.02.2025

MUHIM HODISALAR
9-12 fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor.
10 FEVRAL OB-HAVO PROGNOZI 9 fevral soat 20 dan 10 fevral soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechqurun yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 
3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 3-5° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog’ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 
Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, 
kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, 
g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 
Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 
Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor. 
Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 
Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.