9 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.02.2025

MUHIM HODISALAR
9-12 fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor.
9 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI 
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Qoraqalpog’iston respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat 5-10° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning birinchi yarmida yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushishi mumkun. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor. Shamol g’arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.