10-12 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

10-12 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

08.02.2025

10-12 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 11-12 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 fevralda 5-10° sovuq, 11-12 fevralda 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 10-11 fevralda 0-5° iliq, 12 fevralda 2-7° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10 fevralda 5-10° sovuq, 11-12 fevralda 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi. 
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 11-12 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10 fevralda 2° sovuq-3° iliq, 11-12 fevralda 0-5° sovuq kunduzi 10-11 fevralda 0-5° iliq; 12 fevral 2-7° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11-12 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq, kunduzi 10 fevralda 2-7° iliq; 11-12 fevralda 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 11-12 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.