9 FEVRAL OB-HAVO PROGNOZI 8 fevral soat 20 dan 9 fevral soat 20 gacha

9 FEVRAL OB-HAVO PROGNOZI 8 fevral soat 20 dan 9 fevral soat 20 gacha

08.02.2025

MUHIM HODISALAR
8-12 fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor.
9 FEVRAL OB-HAVO PROGNOZI 8 fevral soat 20 dan 9 fevral soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), tuman tushishi mumkin. 
Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 8-10° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi. 
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, cho‘l hududlarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 
2-7° sovuq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi, tuman tushishi mumkin.
 Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.