8 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
08.02.2025
MUHIM HODISALAR
8-12 fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor.
8 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, Xorazm viloyatida va Buxoro, Navoiy viloyatlarining cho’l hududlarida qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog’iston respublikasi va Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkun. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylara 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 5-10° iliq bo’ladi.