O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 7-9-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.02.2025
Bugun O‘zbekistoning barcha hududlari bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo 13-18 daraja iliqqacha isiydi.
Faqat respublika shimolida havo harorati 2-7 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
Ertaga O‘zbekiston hududiga nam havo kirib kelishi boshlanadi,
ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Hududning katta qismida havo harorati yuqori bo‘lishi saqlanib turadi,
faqat respublika shimolida harorat 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi.
Yakshanba kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari havo harorati 5-10 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 3 daraja sovuq-2 daradja iliq atrofida bo‘ldi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda: bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, shanba kuni biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yakshanba kuni kechasi va ertalab yog‘ngarchilik
(yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin), kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari asosan 2-6 daraja iliq, kunduz kunlari 7-8 fevralda
13-16 daraja iliq, 9 fevralda 8-10 djaraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025 yil 7 fevral