8-10 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
06.02.2025
8-10 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9 fevralda Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-9 fevralda 7-12° sovuq, 10 fevralda 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 9-10 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq; 9-10 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 8-9 fevralda 7-12° sovuq, 10 fevralda 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 9-10 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 9 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 10 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8-9 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 10 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 9 fevralda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 10 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 va 10 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. 9 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 9 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 10 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 9 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 10 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.