6-8 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

6-8 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

04.02.2025

6-8 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq; 7 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 8 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 fevralda kechga tomon ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 7 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 8 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 6 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq; 7 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 8 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi. 

TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat 8 fevralda Samarqand viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5°iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-7 fevralda 12-17° iliq, 8 fevralda 8-13° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-7 fevralda 2° sovuq-3° iliq, 8 fevralda 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-7 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. 8 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-7 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 8 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.