O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 3-7-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
03.02.2025
Bugun kunduzi va ish haftasining oxirigacha O‘zbekistoning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Haftaning birinchi yarmida kechalari biroz sovuq bo‘lishi saqlanib turadi, kunduz kunlari esa havo harorati 8-11 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Chorshanba va payshanbi kunlari kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Shimolda harorat asosan kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 4-9 iliq bo‘ladi.
Toshkentda: 3-7-fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4-fevralda kechalari 0-2 daraja sovuq, kunduz kunlari 8-10 daraja iliq bo‘ladi. Harorat 5-7 fevralda kechalari 1-3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-15 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.
O‘zgidromet
2025 yil 3 fevral