30 YANVAR –1 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

30 YANVAR –1 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

28.01.2025

30 YANVAR –1 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

 BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, bo’ladi; Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 3-8° sovuq, 30 yanvarda kunduzi 0-5° iliq, 31 yanvar-1 fevralda 2-7° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog’ishi mumkun. 31 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi, 1 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, 30-31 yanvarda kunduzi 0-5° iliq, 1 fevralda 2-7° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, 30-31 yanvarda kunduzi 2-7° iliq, 1 fevralda 4-9° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30-31 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi, 1 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi, 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.