29-31 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

29-31 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

27.01.2025

29-31 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30-31 yanvarda Qoraqolpog’oiston respublikasida ba’zi joylarda qor yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi, faqat 30-31 yanvarda Buxoro viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, 29-30 yanvar kunduzi 0-5° iliq, 31 yanvarda 2-7° iliq bo’ladi; Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 yanvar ba’zi joylarda qor yog’adi. 30-31 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 1-6° iliq, 30-31 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 yanvarda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 30-31 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi, 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvar ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, 31 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 29 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq, 30-31 yanvarda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.