O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 24-26 YАNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 24-26 YАNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

24.01.2025

Bugun respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati 3-8о iliq bo‘ladi, janubiy hududlarda ba’zi joylarida 10-12о iliq boladi. Shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

Dam olish kunlari respublikamizdan sovuq havo massalari chekina boshlaydi. Butun respublika bo‘ylab havo harorati ko‘tarilishi fonida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ertaga kechasi havo harorati 2-7о sovuq oralig‘ida saqlanib, kunduzi 7-12о iliqqacha ko‘tarila boshlaydi, yakshanba kuni esa kechasi havo harorati 2о sovuq-3о iliqqacha, kunduzi 9-14о iliqqacha ko‘tariladi.

24-25 yanvarda bazi joylarda shamol 13-18 m/s gacha tezlikda esadi.

Toshkent va Namangan viloyatlarining to‘gli hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Poytaxtimizda: Bugun yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati 5-7о iliqqacha ko‘tariladi. Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 3-5о sovuq, kunduzi 8-10о iliq boladi. Yakshanba kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 0-2о iliqqacha, kunduzi 11-13о iliqqacha ko‘tariladi.

 

 

O‘zgidromet

2025 yil 24 январь