23 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

23 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

23.01.2025

MUHIM HODISALAR

23-27 yanvar Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor

23 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog’ishi mumkun. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkun. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2° sovuq-3° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1°sovuq-1° iliq bo’ladi.

Respublikaning tog’oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushishi mumkun. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.. Harorat 5-10° iliq bo’ladi.