23 YANVAR OB-HAVO PROGNOZI 22 yanvar soat 20 dan 23 yanvarsoat 20 gacha

23 YANVAR OB-HAVO PROGNOZI 22 yanvar soat 20 dan 23 yanvarsoat 20 gacha

22.01.2025

MUHIM HODISALAR

22 yanvar Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor

23 YANVAR OB-HAVO PROGNOZI 22 yanvar soat 20 dan 23 yanvarsoat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda. Harorat kechasi 3-5° sovuq, kunduzi 1° sovuq-1° iliq bo‘ladi. 

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

BUXORO NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va kunduzi ba’zi joylarda qor yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi. 

QASHQADARYOSURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi ba’zi joylarda qor yog’ishi mumkun. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq -3° iliq, bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo‘ladi.