23-25 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

23-25 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

21.01.2025

23-25 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 23 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 24 yanvarda. kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 25 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 23 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 24 yanvar kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 25 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq bo’ladi. Navoiy viloyatining shimolida harorat 23 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 24 yanvarda. kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 25 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi

TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 23 yanvar kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qor yog’adi. 24-25 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 2-7° sovuq, 23 yanvarda kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi. 24 yanvar 2-7° iliq, 25 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, 23 yanvar kunduzi 5-10° iliq, 24-25 yanvarda kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 23 yanvar kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qor yog’adi. 24-25 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat, 23 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 24 yanvar kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 25 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 23 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi, 24-25 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 yanvar ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 23 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq, 24 yanvar kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 25 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.