19 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.01.2025

MUHIM HODISALAR
19-22 yanvar Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor
19 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI 
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Qoraqalpog’iston respublikasida, Farg’ona vodiysi viloyatlarida va ertalab Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida  ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shmol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, ertalab yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduz kuni yog’ingarchilik kutilmaydi. Shmol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushishi mumkun. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 0-5° iliq bo’ladi.