18 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.01.2025

MUHIM HODISALAR
18-22 yanvar Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor
18 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylashi mumkin, shimolda biroz qor yog’adi. Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi.
Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq, shimolda 1-6° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgrtirib g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkun. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo’ladi.