O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 17-19 YАNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 17-19 YАNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

17.01.2025

 

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikada vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik bo‘lib, shimolda yog‘ingarchilik qor shaklida, qolgan hududlarda asosan yomgʻir shaklida kuzatiladi, 18-19 yanvar kunlari baʼzi joylarda qor bilan yogʻadi.

Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik faqat 19 yanvarda kuzatiladi.

Bugun harorat kunduzi 8-11о iliq, shanba va yakshanba kunlari kechasi 0-5о iliq, kunduzi  2-7о iliq bo‘ladi.

Kechasi va ertalab respublika boʻylab baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin.

Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib turgan holda 7-10 m/s tezlikda esadi, 18-19 yanvar kunlari ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

 

Poytaxtimizda: vaqti-vaqti bilan yomgir yogadi, 18-yanvar kechasi va 19-yanvarda vaqti-vaqti bilan yogingarchilik (yomgir, qor) kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yengil o‘rtacha tezlikdagi shamol bo‘ladi. Bugun havo harorati kunduzi 8-10о iliq, shanba va yakshanba kunlari kechasi 0-2о iliq, kunduzi 4-7 о iliq bo‘ladi.

 

 

O‘zgidromet

2025 yil 17 январь