O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 13-17 YАNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 13-17 YАNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

13.01.2025

 

 

Bugun va ertaga O‘zbekistonda biroz bulutli, iliq havo saqlanib turadi, harorat kunduzi 11-13о iliq bo‘ladi.

Hafta oʻrtasidan respublika boʻylab bulutlilik oshishi kutilmoqda, respublikaning katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda 16-17-yanvarda ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Havo harorati 2-3о ga pasayadi.

Kechasi va ertalab ayrim joylarda tuman tushushi mumkin.

Sharqdan shamol yengil o‘rtacha tezlikda esadi.

Poytaxtimizda: yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-3о  iliq13-14 yanvar kunlari kunduzi 11-13о iliq, 15-17 yanvar kunlari esa 8-10о iliq atrofida bo‘ladi. 

 

 

O‘zgidromet

2025 yil 13 январь