7 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.01.2025
7 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatida ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib,
g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-8° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib,
g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 0-5° iliq bo’ladi.