O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 3-5 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 3-5 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

03.01.2025

 

 

Bugun O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kechasi Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 

Ertaga, 4-yanvar kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

5-yanvar, yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Farg‘ona vodiysi hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi, asosan qor shaklida bo‘ladi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida faqat tunda va ertalabki soatlarda biroz qor yog‘ishi mumkin.

Kechasi harorat 0-5° sovuq, kunduzi 4-8° iliq, qor vaqtida 1-3° iliq bo°ladi.

Respublikaning ayrim hududlarida tuman kuzatiladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba‘zida yo‘ingarchilik, asosan qor shaklida kuzatiladi. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi mavjud.

 

Poytaxtimizda: 3 yanvar kuni yogingarchiliksiz, harorat 5-7° iliq boladi.

4-yanvar kuni kechqurun, shuningdek, 5-yanvar kuni kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (tunda qor) kuzatiladi. 5-yanvar kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 0-3° sovuq, kunduzi 3-6° iliq boladi.

Kechasi va ertalabki soatlarda joylarda tuman tushadi.

 

O‘zgidromet

202yil 3 yanvar