5-7 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

5-7 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

03.01.2025

5-7 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 6 yanvarda Qoraqalpog’iston respublikasida 
ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 1-6° iliq, 
6 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 7 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 6 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 7 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 
5 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 4-5 yanvarda 1-6° iliq, 6 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 7 yanvarda kechasi0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog’adi. 6 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-6 yanvarda 0-5° sovuq, 
7 yanvarda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5 yanvarda 3-8° iliq, 6-7 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-6 yanvarda 0-5° sovuq, 7 yanvarda 3° sovuq-2° iliq,
kunduzi 5 yanvarda 3-8° iliq, 6-7 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.
SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog’adi. 6-7 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 5-6 yanvarda 0-5° sovuq, 7 yanvarda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5 yanvarda 3-8° iliq, 6-7 yanvarda 
5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy 
shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq,
kunduzi 5 yanvarda 5-10° iliq, 6-7 yanvarda 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi.6 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘lishi mumkin. 7 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 
0-5° sovuq, kunduzi 5 yanvarda 0-5° iliq, 6 yanvarda 2-7° iliq, 7 yanvarda 4-9° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, 6 yanvarda 13° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 5-6 yanvarda 3° sovuq-2° iliq, 7 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.