4-6 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
02.01.2025
4-6 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 4-5 yanvarda 1-6° iliq, 6 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi, 5-6 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 1-6° iliq, 5 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 6 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-6° iliq,; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 4-5 yanvarda 1-6° iliq, 6 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4 yanvarda, kechasi va ertalab 5 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. 6 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq kunduzi, 4 yanvarda 1-6° iliq, 5 yanvarda 3-8° iliq, 6 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.
SIRDARYO SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi, 5-6 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib,
sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq kunduzi 4 yanvarda 1-6° iliq, 5 yanvarda 3-8° iliq, 6 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi, 5-6 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib,
sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4 yanvarda 3-8° iliq, 5 yanvarda 5-10° iliq, 6 yanvarda 8-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-5 yanvarda 0-5° iliq, 6 yanvarda 2-7° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor.
Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.