1 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

1 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

01.01.2025

MUHIM HODISALAR
1-3 yanvarda Toshkent, Namangan viloyatida tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor.
1 YANVAR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, qorga aylanishi mumkin. Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog’ingarchilik kuzatilmaydi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, biroz yomg’ir yog’ishi, qorga aylanishi mumkin. Ertalab tuman tushushi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-6° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatida tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor.Shamol sharqbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.