2-4 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

2-4 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

31.12.2024

2-4 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 yanvarda 0-5° sovuq, 3-4 yanvarda 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 yanvarda Navoiy viloyatida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 3-4 yanvarda kechasi 
0-5° sovuq, kunduzi 1-6° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 2 yanvarda 0-5° sovuq, 
3-4 yanvarda 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2 yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 
3-4 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 
3-4 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2 va 4 yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 3 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 3-4 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2 yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 
3-4 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 3-4 yanvarda 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 yanvarda 2-7° sovuq, 3-4 yanvarda 5-10° sovuq, kunduzi 4° sovuq-1° iliq bo‘ladi.