1-3 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

1-3 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

30.12.2024

1-3 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 2-3 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-2 yanvarda 3-8° iliq, 3 yanvarda 1-6° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 1 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 2-3 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 3 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib,
g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-2 yanvarda 3-8° iliq, 3 yanvarda 
1-6° iliq bo‘ladi. 
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 3 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq, 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 3 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 3 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib,
g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-2 yanvarda 2-7° sovuq, 3 yanvarda 5-10° sovuq, kunduzi 4° sovuq-1° iliq bo‘ladi.