30 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
30.12.2024
MUHIM HODISALAR
30-31 dekabrda va 1-3 yanvarda Toshkent, Namangan viloyatida tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor.
30 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, Qoraqalpog’iston respublikasi, Xorazm viloyatida ertalab ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kuzatilmaydi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo’ladi.