31 DEKABRGA-2 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
29.12.2024
31 DEKABRGA-2 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq,
1-2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 31 dekabrda Toshkent viloyatida kechasi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib,
sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq, 1-2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 1-2 yanvarda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 31 dekabrda 4-9° iliq; 1-2 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 31 dekabtda-1 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg’Ir, qor) bo‘ladi.
2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan
viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 31 dekabrda 2-7° sovuq, 1-2 yanvarda 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.