29 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29.12.2024

MUHIM HODISALAR
30-31 dekabrda va 1-3 yanvarda Toshkent, Namangan viloyatida tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor.
29 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI 
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Qoraqalpog’iston respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kuzatilmaydi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq, ba’zi joylarda 15° iliq gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kuzatilmaydi, faqat kechga tomon yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamaol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo’ladi.