O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 27 DEKABR – 2025 YIL 2 YaNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 27 DEKABR – 2025 YIL 2 YaNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

27.12.2024

Bugun va ertaga O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

29-30 dekabr kunlari respublikaning ko‘pchilik hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

31 dekabr-1 yanvar kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 31 dekabrga o‘tar kechasi Toshkent viloyatida va 1 yanvar kuni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi.

2 yanvarda janubda va kunning ikkinchi yarmida respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Kechasi va ertalab respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Havo harorati asosan kechalari 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 
2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 29 dekabrdan 1 yanvargacha 7-12 daraja iliq, ba’zi joylarda 15 daraja iliqqacha, 2 yanvarda 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

 

Poytaxtimizda: 30 dekabarda va 31 dekabrga o‘tar kechasi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Qolgan kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 29 dekabr-1 yanvarda 8-13 daraja iliq, 
2 yanvarda 4-7 daraja iliq bo‘ladi.

 

 

O‘zgidromet

2024 yil 27 dekabr