29-31 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

29-31 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

27.12.2024

29-31 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 30 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 dekabrda 0-5° sovuq, 31 dekabrda 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 30 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 dekabrda 0-5° iliq, 31 dekabrda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 29 dekabrda ba’zi joylarda 12° iliqqacha; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 29-30 dekabrda 0-5° sovuq, 31 dekabrda 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. 
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabrda kechasi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq, ba’zi joylarda 15° iliqqacha; 30 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 31 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda kechga tomon va 30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq, ba’zi joylarda 15° iliqqacha; 30 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 31 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi. 
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq,
kunduzi 6-11° iliq; 30 dekabrda 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq; 31 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi. 
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 4-9° iliq, 30-31 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.