O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 20-22 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 20-22 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.12.2024

 

Bugun kunduzi Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 
ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 0-5 daraja iliq, 
janubda 8 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab 
tuman tushishi mumkin.

Harorat 21-22 dekabrda kechalari 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, 
kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 darada iliq atrofida bo‘ladi.

 

Poytaxtimizda: Bugun vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘adi, tuman tushadi. Harorat 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 5-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-3 daraja iliq bo‘ladi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab 
tuman tushishi mumkin.

 

 

2024 yil 20 dekabr

O‘zgidromet