20 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
20.12.2024
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning20-22 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
20-21 dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
21-22 dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.
Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
20 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qor yog’adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan biroz qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° sovuq bo’ladi.