19 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 18 dekabr soat 20 dan 19 dekabr soat 20 gacha
18.12.2024
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 20-22 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 20-21 dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
21-22 dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
19 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 18 dekabr soat 20 dan 19 dekabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq,
kunduzi 6-8° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechqurun ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, ba’zi joylarda 10° sovuqqacha bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida kechqurun ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.