18 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.12.2024

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning20-22 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

20-21 dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

21-22 dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.

Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.

18 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2-7° iliq, ba’zi joylarda 10°gacha iliq bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Yo’llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-8° iliq bo’ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik bo’ladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq boladi.