16 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 15 dekabr soat 20 dan 16 dekabr soat 20 gacha
15.12.2024
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 15 dekabrda va 16 dekabrga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida
20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 15 dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17 dekabr kunlari kechalari
8-13 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
16 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 15 dekabr soat 20 dan 16 dekabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo bulutli bo‘ladi, kechasi qor yog’ishi mumkin, kunduzi yog’ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12° iliq, kunduzi 3-5° sovuq bo’ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi ba’zi joylarda qor yog’adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, ba’zi joylarda 5-10° sovuqqacha pasayadi kunduzi 3° sovu-2 iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog’adi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti blan qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 8-13° sovuq bo’ladi.