15 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 14 dekabr soat 20 dan 15 dekabr soat 20 gacha

15 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 14 dekabr soat 20 dan 15 dekabr soat 20 gacha

14.12.2024

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 15 dekabrda va 16 dekabrga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 15 dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17 dekabr kunlari kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. 
15 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 14 dekabr soat 20 dan 15 dekabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 
1-3° iliq, kunduzi 1-3° sovuqqacha pasayadi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi ba’zi joylarda biroz qor, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi ba’zi joylarda biroz qor, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Shamol g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliqbo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Shamol g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, 
kunduzi 3° sovuqqacha pasayadi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Shamol g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi. 
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti blan qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 8° sovuqqacha pasayadi.