O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 13-15 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
13.12.2024
Bugun respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Navoiy viloyatining ba’zi joylarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanishi mumkin.
Ertaga 14 dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida faqat kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
13-14 dekabr kunlari havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq, ba’zi joylarda 15 daraja iliqqacha, shimolda 2-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
15 dekabrda O‘zbekiston hududiga shimoli-g‘arbdan nam va sovuq
havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Respublika hududida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
Havo harorati kechasi va ertalab 0-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi
3 daraja sovuqqacha pasayadi, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq,
kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 15-16 dekabrda ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
15-16 dekabrda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Respublikaning
ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Poytaxtimizda: 13-14 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi,
faqat 14 dekabrda kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari
3-5 daraja iliq, kunduz kunlari 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
15 dekabrda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab
1-3 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi.
16-17 dekabr kunlari havo harorati kechalari 8-13 daraja sovuqqacha,
ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
2024 yil 13 dekabr
O‘zgidromet