15-17 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

15-17 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

13.12.2024

15-17 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI 

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16-17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq, 16 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqqacha; kunduzi 0-5° sovuq; 17 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16-17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 16 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 17 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. 

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16-17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 dekabrda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 dekabrda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 16 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqqacha, kunduzi 0-5° sovuq; 17 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqqacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. 17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 dekabrda kechasi 0-5° iliq bo‘ladi, kunduzi 3° sovuqqacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqqacha, kunduzi 0-5° sovuq; 17 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqqacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16-17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 dekabrda kechasi 2-7° iliq bo‘ladi, kunduzi 0-2° sovuqqacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, ba’zi joylarda 10° sovuqqacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 17 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, ba’zi joylarda 10° sovuqqacha, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. 17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 dekabrda kechasi 0-5° iliq bo‘ladi, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi; 16-17 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15-17 dekabrda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 dekabrda kechasi 0-5° sovuq bo‘ladi, kunduzi 8° sovuqqacha pasayadi; 16-17 dekabrda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo‘ladi.