ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА 13 ДЕКАБРЯ
13.12.2024
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
15 dekabrda va 16 dekabrga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
15 dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17 dekabr kunlari kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
13 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi jylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq, ba’zi joylarda 15° iliыыacha iliq, shimolda 0-5° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8°iliq bo‘ladi.